Qorakoʻl tuman 1-son texnikumida O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT MUSTAQILLIGINING 35 YILLIGI VA YANGI OʻQUV YILIGA BAG‘ISHLANGAN TANTANALI MAROSIM BO‘LIB O‘TDI.

Mustaqillik — milliy g‘urur, erkin va farovon hayotimizning mustahkam poydevoridir!Tantanali marosim O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi sadolari ostida boshlandi. Tadbirda texnikum rahbariyati, pedagog-xodimlar, jami 1-kurslardan 370 va 2-kurslardan-220 nafar o‘quvchi-yoshlar hamda jamoatchilik vakillari ishtirok etdilar.

Tadbir davomida so‘zga chiqqanlar barchani mamlakatimiz hayotidagi eng ulug‘ va eng aziz bayram — Mustaqillikning 35 yilligi bilan samimiy muborakbod etdilar.
Qorako‘l tuman 1-son texnikumida tashkil etilgan O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosim ko‘tarinki ruhda, bayramona kayfiyat va yuksak vatanparvarlik tuyg‘ulari ostida o‘tdi va barcha oʻquvchilar mustaqillik darslariga jalb qilindi.

Tadbir videolroligi https://mover.uz/watch/H4yuxaaa