Buxoro viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish hamda ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari Baxtiyor Alisherovich Adilov tashabbusi bilan joriy yilning 10-fevral kuni Qorako‘l tuman 1-son Texnikumida “Quvnoq startlar” sport musobaqasi tashkil etildi.


Musobaqada texnikumning 5/25, 4/24, 3/25 va 6/25 guruh o‘quvchilari beshta shart asosida o‘zaro bellashdilar. Qiziqarli va shiddatli bahslar yakunida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan jamoalar hamda faol ishtirok etgan barcha qatnashchilar qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandilar.
