Qorako‘l tuman 1-son texnikumi yutuqlari!
Bugun Qorakoʻl tumani 1-son texnikumi o‘quvchilari o‘z bilim va iste’dodi bilan yuksak natijalarga erishmoqda.

Xalqaro va milliy sertifikatlar hamda turli tanlovlardagi muvaffaqiyatlar texnikum yoshlarining intilishi va mehnati samarasidir.


Muddatidan oldin talabalikka tavsiya etilgan o‘quvchilarimiz esa kelajak sari dadil qadam tashlamoqda.

Bu yutuqlar ortida ustozlarning fidokorona mehnati va o‘quvchilarning tinimsiz izlanishi mujassam.

Qorakoʻl tuman 1-son texnikumi — bilim, intilish va muvaffaqiyat maskani!