Zakovat intellektual oyini

Zakovat intellektual oyini

Joriy yilning 10-aprel sanasida Buxoro turizm va madaniy meros texnikumida akademik litseylar hamda texnikum talabalari o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yini yuqori saviyada tashkil etildi. Mazkur bellashuv yoshlarning bilim salohiyatini oshirish, mantiqiy fikrlashini rivojlantirish hamda ularning intellektual salohiyatini namoyon etish maqsadida o‘tkazildi.

2_1776157421.jpg

Ushbu nufuzli musobaqada Qorako‘l tuman 1-son texnikumi talaba-yoshlaridan tashkil topgan “Zehn ustalari” jamoasi ham faol ishtirok etdi. Jamoa a’zolari o‘zlarining keng dunyoqarashi va puxta bilimlari bilan ajralib turib, bellashuv davomida munosib natijalar qayd etishdi.

3_1776157459.jpg

Qizg‘in va murosasiz kechgan bahslar yakunida “Zehn ustalari” jamoasi kuchli jamoalar safidan joy olib, kuchli o‘nlikdan o‘rin egalladi. Bu natija jamoa a’zolarining izlanishi, bilimga bo‘lgan intilishi va jamoaviy hamjihatligining yorqin ifodasidir.
Mazkur yutuq nafaqat jamoa a’zolari, balki texnikum jamoasi uchun ham katta faxr va ilhom manbai bo‘lib xizmat qiladi.